Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI TASIQLANDI

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi tomonidan joriy haftada amalga oshirilishi rejalashtirilgan muhim tadbirlar va oʻrganishlar rejasi tasdiqlandi.

Hafta davomida deputatlar hamda Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda amaliy ishlar olib boriladi:

🔹 28-sentabr, Dushanba:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning ijrosini taʼminlash maqsadida 2-Qurama saylov okrugidan deputat Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna tomonidan oʻz saylov okrugida oʻrganishlar oʻtkaziladi.

🔹 29-sentabr, Seshanba:
Senat tavsiyalari ijrosi doirasida 14-Ipoq saylov okrugidan deputat Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich tomonidan oʻz saylov okrugida oʻrganish ishlari olib boriladi.

🔹 30-sentabr, Chorshanba:
19-Xidirsho saylov okrugidan deputat Qurbaniyazov Yusup Xolmuninovich tomonidan oʻz saylov okrugida belgilangan tavsiyalar ijrosi va mahallalardagi holat oʻrganiladi.

🔹 01-oktabr, Payshanba:
Hududlarda oʻrganishlar davomida aholi tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot hamda idoralarga deputatlik soʻrovlarini chiqarish va ularning ijrosini nazoratga olish ishlari amalga oshiriladi.

🔹 02-oktabr, Juma:
Tasdiqlangan grafik asosida joylarga chiqish, aholi murojaatlarini bevosita oʻrganish va aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish choralarini koʻrish rejalashtirilgan.

📌 Tadbirlar va oʻrganishlar jarayonida Kotibiyat xodimlari (M.Xujanov, A.Esonov, I.Roziqov) amaliy koʻmak koʻrsatib boradi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1