🔰#munosabat
Paxtachilikda fermer va klasterlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi choralar qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ayniqsa, paxtani birja orqali sotgan fermerlarga hamda uni xarid qilgan klasterlarga har tonna uchun 500 ming so‘mdan subsidiya ajratilishi ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. O‘z yerida paxta yetishtirayotgan klasterlarni gektariga 1,5 million so‘mdan subsidiya bilan qo‘llab-quvvatlash esa samaradorlik va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan.
Men deputat sifatida ushbu mexanizmlarning hududimizdagi fermer va klasterlar uchun amaliy ahamiyatini alohida ta’kidlayman. Eng muhimi, yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, paxta yetishtirish samaradorligini oshirish va mehnat qilayotgan fermerlarning manfaatlarini ta’minlashdir.
Latofat Behbudova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi,
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt