Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Har bir oila daromadi va bandligi — deputatlik nazoratida

Kambag‘allikni qisqartirish — oilama-oila, xonadonma-xonadon ishlashni talab etadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga 21-“Joziba” saylov okrugidan saylangan deputat Nigora Haydarova o‘z saylov okrugiga qarashli “Jarqishloq” mahallasida kambag‘al oilalar bilan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganishlar bevosita xonadonbay tarzda olib borildi. Kambag‘al oilalar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning ijtimoiy sharoiti, daromad manbalari, bandlik holati va mavjud imkoniyatlari o‘rganildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularni daromadli mehnatga jalb qilish, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘rganishlar jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning doimiy bandligini ta’minlash masalalari xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining doimiy e’tiborida.

🌱 Kambag‘allikdan farovonlik sari — aniq maqsad, manzilli yondashuv va amaliy natija bilan!

Slide 1 of 7