Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Bobolochin mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Unda mahalla yettiligi rahbarlari, ko‘chaboshilar hamda faol oqsoqollar ishtirok etdi.

Jumladan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish, shuningdek, tadbirkorlik va aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni tartibga keltirish, ko‘cha va yo‘laklarning tozaligi, sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish hamda atrof-muhitni ozoda saqlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla hududida mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Asosiy maqsad — mahallalarda obodlik va farovonlikni ta’minlash, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish hamda “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni har bir mahallada amalda namoyon etishdir.

Slide 1 of 5