Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_ish_reja_ijrosi
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi tashkilot va muassasalar faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini ta’minlash hamda aholi uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga 23-Aeroport saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan «Lutfkor» mahallasida joylashgan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tuman Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tizimda mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari eshitildi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda pedagog kadrlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini nazoratga olish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1