Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Kilichov Ma’ruf Ma’murjonovich tuman hokimi maslahatchisi Norimova O. bilan hamkorlikda tumanda “Davlat tili haqida”gi Qonun talablarining ijro etilishi holatini o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzi va mavqeini yanada mustahkamlash, davlat tashkilotlari hamda hududlarda ish yuritish jarayonlarida o‘zbek tilidan foydalanish, tashqi yozuvlar, peshlavhalar va axborot materiallarining davlat tili talablariga muvofiqligi kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda davlat tilining amaliyotdagi qo‘llanilishini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish va aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati
Kilichov Ma’ruf Ma’murjonovich

Slide 1 of 4