Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I.Nuriddinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 45-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, ta’lim muassasasining isitish tizimi, mavjud jihozlarning sozligi, yoqilg‘i zaxirasi hamda bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

🌡 Shuningdek, sovuq kunlarda o‘quvchilar va pedagoglar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish ishlari hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 5