Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi

#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi 9-Rovatak saylov okrugi deputati B.Baxovadinov tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, hududni kompleks rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, subsidiya va boshqa bandlik dasturlaridan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3