Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Usmonov hamda tuman Kengashi deputati X.Berdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Do‘stlik MFY hududidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning sifatli va belgilangan taomnoma asosida ovqatlantirilishi, ovqatlanish jarayonining tashkil etilishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari ko‘zdan kechirildi.

🍽Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga berilayotgan taomlarning tasdiqlangan taomnoma asosida tashkil etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va bolalar ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida tashkilotdagi sanitariya-gigiyena holati, tarbiyalanuvchilar bo‘ladigan xonalar va umumiy hududning tozaligi, bolalar salomatligi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, tarbiyalanuvchilarni sifatli ovqatlantirish hamda ular uchun zarur va xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

Slide 1 of 4