Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Tinchlik MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Tinchlik MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati o‘rganildi.

🖊O‘rganish davomida ijtimoiy xodimning mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalar bilan ishlash faoliyatiga e’tibor qaratildi.

🖊Ijtimoiy xodim tomonidan xonadonbay o‘rganishlar olib borilishi, aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash, yordamga muhtoj fuqarolarni belgilash hamda ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib tegishli ijtimoiy xizmat va ko‘maklarni tashkil etish ishlari ko‘rib chiqildi.

🖊Yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, parvarishga muhtoj fuqarolar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holatini o‘rganish, ularning muammolarini tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va hal etilishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📌Ijtimoiy xodimning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan fuqarolarga mavjud ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar to‘g‘risida tushuntirish berish, zarur hollarda hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda muammoli oilalarni tegishli mutaxassis va tashkilotlar bilan bog‘lash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2