Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 7-“Qipchoqariq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Nazarova tomonidan “Vaqf chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholini reyestrdan chiqarish, oilalarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash hamda ularning mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida “Vaqf chorsu” MFY, Iftixor ko‘chasi 14-B-uyda yashovchi fuqaro I.Tursunov xonadoniga tashrif buyurilib, oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi.

Muloqot davomida oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, bandligi, mavjud daromad manbalari hamda ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, oilani ijtimoiy reyestrdan chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

Oilaning doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, bandligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar va “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hal etish, oilaga zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda reyestrdan chiqish jarayonida manzilli ishlashni davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4