Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
11-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati rahbari A.Ibragimov hamda 12-sonli "Aspantay" saylov okrugidan saylangan deputat G.Jumanazarova tomonidan 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonining amaldagi holatini o‘rganish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganish ishlari 2020-yil 23-sentyabrdagi O‘RQ-637-sonli "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun talablari asosida tashkil etilib, ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’lim va tarbiya olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda mavjud infratuzilmaning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, maktabda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablari, xavfsizlik choralarining ta’minlanganligi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlari hamda ta’lim muassasasining mavjud moddiy-texnik imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari yuzasidan maktab rahbariyati bilan fikr almashildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar tahlil qilindi.
"Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunning 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’lim va tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini shakllantirish va namoyon etishi uchun joylarda zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi belgilangan.
Shu nuqtai nazardan, o‘rganish natijalari asosida aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim oluvchilar uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 1