Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #1_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati "Tinchlik" mahallasida O‘RQ-406 Qonun ijrosi va Yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi!
Termiz shahrida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyati va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, OTM shartnoma to‘lovlarida ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalladagi Yoshlar yetakchisining bugungi kundagi faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqdilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida hududda yoshlar bilan ishlash holati, ularning murojaat va muammolarini barvaqt aniqlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida "Tinchlik" mahallasi Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi amaliy va salmoqli ko‘rsatkichlarga erishilgani ma’lum bo‘ldi:

• Kontrakt to‘lovlari: Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ehtiyojmand oilalarga mansub 7 nafar yoshlarning oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish shartnomasi (kontrakt) mablag‘lari to‘lab berildi;

• Bandlik ta’minoti: Vaqtincha ishsiz bo‘lgan 5 nafar yoshlarning doimiy va daromadli ish o‘rinlariga joylashishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

"‘Tinchlik’ mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan 7 nafar talabaning kontrakt to‘lovi to‘lab berilgani va 5 nafar yoshimiz ishli bo‘lgani — bu O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosining amaldagi samarasidir. Biz deputat sifatida mahalla yoshlarining barcha ezgu va bunyodkor tashabbuslarini doimiy qo‘llab-quvvatlaymiz," — deya ta'kidladi deputat.

O‘rganish yakunida mahalladagi yoshlar bilan "xonadonbay" ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda "Yoshlar daftari"dagi imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.