Новости

Последние новости

янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
янв.21
🔰Eskirgan simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashinng Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov masʼul hisoblanadi.
янв.21
🔽Shakar miqdori aniq ko‘rsatilishi — salomatlikni asrash yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
USTOZLAR MEHNATI — E’TIROF VA E’ZOZDA!
янв.21
🔰Maktabgacha ta’lim sifati – deputatlar e’tiborida
янв.21
🚛 Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Qo‘shko‘pir tumanida sessiyaoldi o‘rganishlar olib borildi

Qo‘shko‘pir tumanida sessiyaoldi o‘rganishlar olib borildi

Mamlakatimizda davlat organlarining xalqqa yaqinlashishi, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va ularning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda deputatlik nazorati qat’iy davom ettirilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi, deputatlar A. Erkinov va O. Karimovlar tomonidan navbatdagi sessiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida Xalq qabulxonasi va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati chuqur tahlil qilindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shko‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari v.b. R. Rajabovning axboroti dastlabki tarzda atroflicha ko‘rib chiqildi.
Sessiyaoldi o‘rganishlar davomida fuqarolarning haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotgan muammolarni bartaraf etish, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini anglagan holda mas’ul idoralar faoliyatining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1