Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#Haftalik_ish_reja_ijrosi Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !

#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi kotibiyati xodimi M.Choriyeva tuman Kengashining ish rejasiga asosan, tuman Davlat xizmatlari markazida bo'lib, "Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📎O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrda 741-sonli “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida amaliy ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda har bir murojaatchining muammosi diqqat bilan tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va huquqiy tavsiyalar berildi.

Asosiy e’tibor aholining huquqiy savodxonligini oshirish va murojaatlarni joyida, tezkorlik bilan ko‘rib chiqish uchun ikki tashkilotning imkoniyatlarini birlashtirishga qaratildi.

Bu kabi hamkorlikdagi qabullar davlat organi va nodavlat sektorning birgalikdagi harakati fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda qanchalik samarali ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
Zero, tuman Kengashi va “Madad” tashkilotining hamjihatlikdagi faoliyati mahalliy aholining muammolarini bartaraf etish va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qiladi.