Doimiy komissiya — faqat sessiya oldidan yig‘ilib, masalani dastlabki tarzda ko‘rib chiqib qaror qabul qiladigan tuzilma emas.
Qonun doimiy komissiyalarga ancha amaliy imkoniyatlar bergan.
Jumladan, komissiya:
🔹 Qaror loyihasini ishlab chiqishi;
🔹 Budjet mablag‘laridan foydalanish holatini o‘rganishi;
🔹 Davlat organlari va tashkilotlaridan ma’lumot va ekspert xulosalarini talab qilib olishi;
🔹 Qonunchilik va Kengash qarorlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganishi va nazorat qilishi;
🔹 Ishchi guruh tuzib, mutaxassis va ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
“Har oyda hech bo‘lmasa bitta qaror ijrosini joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirini o‘tkazish kerak.
12 oyda — 12 ta real nazorat.
Shunda komissiya bayonnoma uchun emas, natija uchun ishlaydigan, obro‘li tuzilmaga aylanadi.