Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

CHORBOG‘ MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati Nuriddinov Iskandar Fayzullayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov Chorbog‘ mahallasiga borib, mahalla raisi Sh. Xojiyeva bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mahallada aholi bandligini ta’minlash, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligi yuzasidan fikr almashildi. Belgilangan vazifalarni amaliy jihatdan ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi ishlar belgilab olindi.

🤝 Mazkur yo‘nalishda deputatlik nazoratini izchil davom ettirish, mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini ko‘zlagan holda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4