Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLI MUAMMOLARI E’TIBORDA

DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLI MUAMMOLARI E’TIBORDA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Ibragimova mahalla hokim yordamchisi bilan hamkorlikda Dovud mahallasi, Sharq gavhari ko‘chasi, 79-uyda istiqomat qiluvchi Gulozoy Abdullayeva xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti, bandlik holati hamda mavjud muammolarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida xonadonning kundalik ehtiyojlari, oilaning daromad manbalari va turmush sharoitiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.
Shuningdek, oilaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish va bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Xususan, hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imtiyozli kredit va moliyaviy ko‘mak mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Deputat tomonidan aholi bilan bevosita muloqot qilish, xonadonlardagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida oilaning mavjud muammolarini bartaraf etish, bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.