Новости

Последние новости

янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILISHI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🔰KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰PO‘LOTI MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA
янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
Fuqarolar murojaati asosida drenaj tizimi holati o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #partiya_guruhlari #murojaatlar

Fuqarolar murojaati asosida drenaj tizimi holati o‘rganildi

💹 Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi, 20-Xirmontepa saylov okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna hamda tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari bilan birgalikda Uchtepa tumani Katta Cho‘ponota mahallasidagi Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenaj tizimining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

⚠️ O‘rganish davomida drenaj tizimining qoniqarsiz holatda ekani, buning oqibatida hududda noxush hidlar tarqalayotgani va aholi uchun muayyan noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

📈 Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan avvalgi hafta ham joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgani hamda o‘rganish natijalariga ko‘ra Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga deputat so‘rovi yuborilgani ma’lum qilindi.

📝 Deputat so‘roviga javoban tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenajning holatini yaxshilash, uni loyqa, chiqindi va boshqa yot jismlardan tozalash hamda suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash masalasi Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasi tasarrufidagi shahar kollektorlariga tegishli ekanligi qayd etilgan.

📈 Shuningdek, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalani hal etish maqsadida 2026-yil 15-sentabrdagi 04-15/262-sonli xat bilan Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasiga murojaat yo‘llangani bildirildi. Mazkur murojaatda Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenajni loyqa, chiqindi va boshqa yot jismlardan tozalash, uning suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash hamda hududni tegishli holatga keltirish bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.

📁 Mazkur masala deputatlik nazoratida saqlanib, uning ijrosi va muammoning amaliy hal etilishi yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 7