Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirokida Qo‘qon shahrida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha shtab yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda shahardagi mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, shuningdek, aholi bandligini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida mahallalardagi ehtiyojmand oilalar va ishsiz fuqarolarni manzilli o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash hamda har bir oila uchun mavjud imkoniyat va ehtiyojlardan kelib chiqib, individual yondashuv asosida ish olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Aholini kasb-hunarga o‘qitish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga yo‘naltirish, oilaviy va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi aholiga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa davlat ko‘maklaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida mahallalar kesimida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini muntazam tahlil qilib borish, kambag‘allikdan chiqish imkoniyatiga ega oilalar bilan manzilli ishlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8