Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputat Yusupov Ravshan Abilovich tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida «Xiyobontepa» mahallasi, Bog‘ishamol ko‘chasidagi 3 va 5-uylar oldidagi hududning ekologik va sanitariya-obodonlashtirish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida mazkur hududda maishiy chiqindilarni tartibli yig‘ish bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, chiqindilarni to‘plash uchun maxsus konteyner yetishmasligi hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash zarurati aniqlandi.

📩Aniqlangan muammolar yuzasidan deputat Yusupov R.A. tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝Deputatlik so‘rovida:

🔺Bog‘ishamol ko‘chasi, 3 va 5-uylar oldidagi hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini atroflicha o‘rganish;
🔺Maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va saqlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
🔺Hududga chiqindi konteyneri ajratish masalasini ko‘rib chiqish;
🔺Aholi uchun qulay, toza va xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

⚖️Qonunchilik asosida: Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunining 5 va 8-moddalari asosida yuborildi. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish yoki axborot berish talabi bilan deputatlik so‘rovi yuborish huquqiga ega.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan aholi uchun qulay sanitariya-obodonlashtirish sharoitlarini yaratish, ekologik holatni yaxshilash va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil olib boriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1