Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi A. Saidaliyev tomonidan “Otchopar-1” mahallasida joylashgan gofrirovka qilingan qog‘oz va karton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “PREMIUM FLEX” korxonasi faoliyati o‘rganildi.

📌O‘rganish davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud texnologik quvvatlardan samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘rib chiqildi.

🤝Shuningdek, korxona rahbariyati bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.

⚖️Qonunchilik asosida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi belgilangan. Shuningdek, «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonun aholi bandligini ta’minlash va ishga joylashtirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

📈Asosiy e’tibor mahallalarda yashovchi ishsiz fuqarolar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish hamda tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish yo‘llariga qaratildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3