Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati O. Egamberdiyeva tomonidan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagoglari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning mehnat faoliyati, ta’lim jarayonida yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

📝 Muloqot jarayonida o‘qituvchilarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli masalalar muhokama qilindi. Pedagoglarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Ochiq muloqot — muammolarni aniqlash, takliflarni tinglash va amaliy yechimlarni belgilashning muhim vositasidir.

Kelajak avlod ta’lim-tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan pedagoglarning fikr va takliflarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda faoliyatlari uchun munosib sharoit yaratish doimo e’tiborda.

Slide 1 of 1