Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarovaning aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida yuborilgan murojaati yuzasidan Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputat so‘rovi asosida Qo‘qon shahar “Kalvak” MFY, A.Yassaviy ko‘chasi 1-A uy, 29-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Shermatova Zilolahonning bandligini ta’minlash va ijtimoiy holatini yaxshilash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish natijasida fuqaro Z.Shermatova Qo‘qon davlat pedagogika institutining psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olganligi, hozirda kambag‘allik reestrida turishi hamda 9-sonli maktab-internatga ishga joylashishda amaliy yordam so‘raganligi inobatga olinib, uning mutaxassisligi va mehnat bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Taqdim etilgan javobda fuqaroning oliy ma’lumotli psixolog ekanligi e’tiborga olinib, Qo‘qon shahridagi umumta’lim muassasalari, shu jumladan 9-sonli maktab-internatda bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ko‘maklashish choralari belgilanganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, uning kasbi va malakasiga mos boshqa vakansiyalar ham taklif etilishi va bandligi to‘liq ta’minlanishi bo‘lim tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, fuqaro Z.Shermatovani ish bilan ta’minlash va unga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi