Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyaoldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyaoldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova boshchiligida tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi hamda a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida quyidagi muhim masalalar muhokama markazida bo‘ldi:
Mahalliy budjet ijrosi: Tumanning joriy yilgi mahalliy budjeti parametrlari, tushumlar rejasining bajarilishi hamda mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish holati tahlil qilindi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Tumanda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini yanada rivojlantirish, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy islohotlar: Hududda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, investitsiya loyihalarining ijro etilish holati va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Muhokamalar yakunida doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, masalalarni sessiya muhokamasiga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.