Новости

Последние новости

янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILISHI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🔰KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰PO‘LOTI MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA
янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
BIRLASHGAN MAHALLASIDA “BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” SHIORI OSTIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI.

Tadbirda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G.Suvonqulova ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Targ‘ibot tadbiri davomida o‘quvchilarga giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, jismoniy va ruhiy holatiga salbiy ta’siri, shuningdek, ularning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqiy javobgarlik haqida tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanish, kitob mutolaasi va turli foydali mashg‘ulotlarga jalb etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va mas’ullardan javoblar oldilar. Yoshlar zararli odatlardan yiroq bo‘lish, o‘z salomatligi va kelajagiga mas’uliyat bilan yondashish hamda giyohvandlik kabi illatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga chaqirildi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari yosh avlodni turli zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2