Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
“HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati F.Ibragimov tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasi ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasidagi ishtiroki, jamoatchilik nazorati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik holatiga e’tibor qaratildi.
👥 Shuningdek, hududda jamoat tartibini ta’minlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
🤝 Yarashtirish komissiyasi faoliyati, fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar ham tahlil qilindi.
📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
⚖️ Qonun ijrosi — jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 1