Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR — DEPUTATLIK E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Yangiobod SHFYdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning holati manzilli ravishda o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonlarning ijtimoiy-maishiy sharoiti, oila a’zolarining bandligi, mavjud daromad manbalari, moddiy va ijtimoiy ehtiyojlari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘maklardan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

Fuqarolar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi. Har bir oilaning sharoiti va ehtiyojidan kelib chiqib, mavjud imkoniyatlar asosida muammolarni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.

Ayniqsa, mehnatga layoqatli oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar bo‘yicha tushuntirishlar berish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda har bir xonadon kesimida ishlashni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda hal etish, oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni belgilash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2