Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — USTUVOR VAZIFA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova tomonidan Balandchaqir mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari mahalla mas’ullari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama davomida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini erta aniqlash, muammoli holatlar yuzaga kelishining oldini olish, oilaviy va ijtimoiy muammolarni manzilli o‘rganish hamda profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ehtiyojmand va muammoli holatdagi xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zarur hollarda tegishli mutaxassislar va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.

Muhokama yakunida mahallada xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va bu boradagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2