Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA ZAMONAVIY IMKONIYATLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tuman tibbiyot birlashmasi rahbari A. Kenjayev bilan birgalikda muassasaning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida stomatolog va LOR shifokorlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish jarayoni, bemorlarga tibbiy ko‘rik va maslahatlar ko‘rsatish holati hamda tibbiy xizmatlarning sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, poliklinikada mavjud zamonaviy tibbiy uskunalar, jumladan, LOR apparatining holati, undan foydalanish samaradorligi va fuqarolarga zamonaviy diagnostika hamda davolash imkoniyatlarini taqdim etish darajasi o‘rganildi.

Qabul bo‘limining faoliyati, bemorlarni qabul qilish va tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish tartibi, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmatlarning qulay va samarali tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aholiga tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, zamonaviy tibbiy uskunalardan samarali foydalanish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3