Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
QALINPO‘STIN MAHALLASIDAGI “MANZILLI DASTUR” ISHLARI O‘RGANILDI

 QALINPO‘STIN MAHALLASIDAGI “MANZILLI DASTUR” ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov tuman Kengashi
deputati M.Sayfidinov, “Madad” NNT tuman vakili X.Qodirov hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi M.To‘xtasinovlar tomonidan Qalinpo‘stin mahalla fuqarolar yig‘inida
“Manzilli dastur” doirasida mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
 

Deputatlar mahallaning Konizar ko‘chasida ko‘chaboshi M.Polvonov bilan
birgalikda “FAYZ MUMTOZ NE’MATI” MChJ tomonidan barpo etilayotgan 1 kilometr
uzunlikdagi piyodalar yo‘lagini qurish ishlarining borishi, sifati hamda
belgilangan muddatlarga muvofiqligini o‘rgandi.
 

O‘rganish jarayonida piyodalar yo‘lagini barpo etish ishlari ayrim joylarda
tekis va sifat talablari asosida bajarilmayotgani aniqlandi, mas’ul tashkilot
vakiliga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarini
belgilangan sifat talablari asosida amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib
o‘tildi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifat
talablariga muvofiq va belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirish yuzasidan
tegishli tavsiyalar berildi.
 

Aniqlangan muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi hamda
uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi belgilandi.
  

Slide 1 of 4