Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroning bandligi ta’minlandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “G‘ishtli masjid” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarning ijtimoiy va moddiy holati, mavjud muammolari, daromad manbalari hamda bandligini ta’minlash imkoniyatlari o‘rganilib, ularni ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Jumladan, Movarounnahr ko‘chasi, 57-A-uyda yashovchi, “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan fuqaro Turdimatov Tolibjonning murojaati va oilaviy sharoiti o‘rganildi. Deputat Sh.Dehqonovning ko‘magida fuqaroga 10 million 800 ming so‘m miqdorida ssuda ajratilib, mazkur mablag‘ hisobidan yuk tashuvchi skuter olib berilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Natijada fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratilib, “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarilishiga erishildi.

Mazkur amaliy ishlar orqali fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, ularning mustaqil daromad topishi, bandligini ta’minlash va oilaviy farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani namoyon bo‘ldi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1