#162_ta_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
⚖️ XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uchyog‘och–Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo'janazarov tomonidan “Qarabog‘” mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni talablari yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazildi.
👩🦱 O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlaridan asrash hamda bunday holatlarning oldini olish borasidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari, muammolari va takliflari tinglanib, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish, oilalarda sog‘lom muhitni ta’minlash hamda zarur hollarda tegishli yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📋 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube