#24_ta_masala
📋 DEPUTATLIK FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
🤝 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R.Xolmirzayeva, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “Buyuk ipak yo‘li” mahalla raisi O‘.Qo‘liyevning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.
📊 Shuningdek, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi manfaatlarini ta’minlash, hududni obodonlashtirish va fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
💬 O‘rganish jarayonida mavjud holat yuzasidan fikr va mulohazalar almashilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🌿 Aholi manfaatlarini ta’minlash, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridandir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube