Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
#162_qonun

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 494-sonli “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi ob’yektlarida texnologik audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik auditni tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilab berilgan.

Mazkur nizom suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarining texnik holatini chuqur o‘rganish, ularning samaradorligini baholash, mavjud muammolarni aniqlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

🔹 Texnologik auditning asosiy maqsadlari:
🔹 Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlari obyektlarining texnik holatini baholash;
🔹 Suv olish, uzatish, tozalash va oqova suvlarni chiqarish jarayonlarining samaradorligini tahlil qilish;
🔹 Energiya va resurslardan foydalanish holatini o‘rganish, yo‘qotishlar hamda ortiqcha sarflarni aniqlash;
🔹 Eskirgan infratuzilma va uskunalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
🔹 Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik talablarning bajarilishini baholash;

📈 Suv xo‘jaligi korxonalarining barqaror va samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

✅ Texnologik audit natijasida:
🔹 tizimning texnik holati to‘liq baholanadi;
🔹 mavjud kamchilik va muammolar aniqlanadi;
🔹 energiya hamda suv resurslari yo‘qotishlari tahlil qilinadi;
🔹 investitsiya va modernizatsiya loyihalari uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi;
🔹 ichimlik suvi sifati va oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi.

💡 Suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmani izchil rivojlantirish — aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashning muhim omilidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1