Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
KENGASH ISH REJASI DOIRASIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan deputatlik vakolati doirasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tuman Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va qulayligi o‘rganildi.O‘rganish davomida deputat markaz faoliyati, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni, mavjud shart-sharoitlar hamda xizmatlardan foydalanishda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Markaz xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini
soddalashtirish va fuqarolar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.Ma’lum qilinishicha, markazda kuniga o‘rtacha 250 nafar murojaatchiga davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.Fuqarolar uchun navbat olish jarayoni elektron shaklda tashkil etilib,murojaatchilarning navbatini kuzatish va xizmatlardan belgilangan tartibda foydalanishi nazoratga olingan. Mazkur tizim fuqarolarning vaqtini tejash,navbatlarda ortiqcha kutishning oldini olish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada tartibli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.O‘rganish jarayonida ko‘chmas
mulk bilan bog‘liq masalalar hamda haydovchilik guvohnomasini olish yuzasidan murojaatlar soni yuqori ekani ham ma’lum bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishlarda fuqarolarga zarur tushuntirish va amaliy ko‘maklar ko‘rsatilayotgani qayd etildi.Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari “15 daqiqada” tamoyili asosida tashkil etilgani, davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish ko‘lami kengayib borayotgani haqida ma’lumot berildi.Markazda fuqarolar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan kutish zallari, ona va bolalar uchun alohida xonalar hamda murojaatchilarga qulay xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgani ko‘zdan kechirildi.O‘rganish yakunida davlat xizmatlarini aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli ko‘rsatish, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolarning raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.Xususan, olis va chekka hududlarda sayyor davlat xizmatlarini tashkil etish, yoshlar va aholi o‘rtasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishni keng targ‘ib qilish, bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berish zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 5