Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati L.Ergasheva Jondor tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Jamshid Xudoyevning yurtimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnati munosib baholanib, «Mardlik» ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini bildirdi.
🌏— Bu yuksak mukofot Jamshid Xudoyevning el-yurt manfaatlari yo‘lidagi mas’uliyatli va fidokorona mehnatining munosib e’tirofidir. Ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Yangi marralar, mustahkam sog‘lik va xalqimiz manfaati yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilayman, — dedi L.Ergasheva.