35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Fuqarolar muhofazasi sohasidagi qonunchilik ijrosi o‘rganildi

Fuqarolar muhofazasi sohasidagi qonunchilik ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. Baymuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Bo‘rloq mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida profilaktika inspektori R. Rўzimаtov Mirzabekning xizmat faoliyati, hududda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlari hamda aholi bilan hamkorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 80-II-sonli “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining hududda ijro etilishi, fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi.