Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirokida mahallalarda kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muhokamada mahalla yettiligi vakillari, mahalla raislari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida har bir mahalla kesimida kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning mavjud muammolarini o‘rganish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar birma-bir tahlil va muhokama qilindi.

Har bir oilaning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan kelib chiqib, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Kambag‘allikni qisqartirishda har bir oila bilan individual ishlash, muammolarni manzilli o‘rganish va oilalarning barqaror daromadga ega bo‘lishiga ko‘maklashish asosiy vazifa etib belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4