Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Mukammal ta’mirdan chiqarilgan maktab filiali oʻz faoliyatini boshladi

Bo‘stonliq tumanining “Xumson” mahallasida 19-sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan filiali homiylik mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirdan chiqarildi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan ta’lim maskanida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔺Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati – tuman hokimi J.Axmedov ishtirok etib, yangi filialda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yangi o‘quv maskanining foydalanishga topshirilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🔺Ochilish tadbirida so‘zga chiqqanlar yurtimizda ta’lim sohasiga, ayniqsa, yosh avlodning sifatli bilim olishi uchun munosib sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdilar. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy o‘quv xonalarini tashkil etish va bolalar uchun qulay muhit yaratish kelajak avlod kamoloti uchun muhim omil ekani ta’kidlandi.

🔺Tadbirda ayniqsa 1-sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlayotgan 1-sinf o‘quvchilariga an’anaga muvofiq Prezident sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim muassasasiga ko‘mak ko‘rsatgan homiylar tomonidan ham birinchi sinf o‘quvchilariga esdalik sovg‘alari berildi. Bu esa bolajonlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ularning maktab hayotiga ilk qadamlarini quvonchli xotiralarga boyitdi.

Slide 1 of 2