Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
📍 Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganilmoqda

🏛 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 10-Do‘stlik saylov okrugi deputati Sultanov Po‘lat Yo‘ldoshevich, Kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetovlar tumandagi Do‘stlik mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganmoqdalar.
🤝 Mazkur o‘rganishlar mahalla raisi, mahalla faollari hamda ko‘cha boshilari bilan hamkorlikda tashkil etilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinmoqda. Jarayon davomida aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, hudud infratuzilmasi va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📌 O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlardan biri — Begyop kanali bo‘yidagi Begyop ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ham joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.
🛣 Mazkur ko‘chaning mavjud holati, aholiga yaratilgan sharoitlar hamda yo‘l qoplamasini yaxshilash zarurati o‘rganilib, murojaatni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
🗣 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 7