Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Saylovchilar manfaatlaridan kelib chiqib, Tashabbusli byudjet loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son hamda 2026-yil 29-iyundagi PQ-243-son qarorlariga asosan 2026-yil ikkinchi bosqich “Tashabbusli byudjet” jarayoni doirasida aholi tomonidan eng ko‘p ovoz to‘plagan, biroq g‘olib deb topilmagan loyihalar bo‘yicha Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi M.Ashurov, kotibiyat mudiri J.Sadirov, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati M.Xodjayeva tomonlaridan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔺Yig‘ilish davomida mazkur loyihalarning mazmun-mohiyati, aholi uchun ijtimoiy ahamiyati va qamrovi atroflicha ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, fuqarolar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, biroq yetarli ovoz ololmasdan g‘oliblar qatoriga kiritilmagan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Muhokamalarda ushbu loyihalarning aksariyati aholining kundalik hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim masalalarni hal etishga qaratilgani, jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash kabi yo‘nalishlarda aholi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🔺Muhokama yakunida saylovchilarning bildirgan taklif va talablari, loyihalarga berilgan ovozlar soni hamda ularning aholi uchun ijtimoiy ahamiyati inobatga olingan holda, eng ko‘p ovoz to‘plagan, ammo g‘olib deb topilmagan ayrim loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topish va ularni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar shakllantirildi.

🔺Mazkur takliflar qonunchilik tashabbuslari va hududlardagi saylovchilar manfaatlarini ifoda etish nuqtai nazaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.

Slide 1 of 2