Новости

Последние новости

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
“Tinchlik” mahallasida deputatlik nazorati Muammo joyida o‘rganildi, uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi

Termiz shahrida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, “mahalla yettiligi” va mahalla faollari faoliyatini o‘rganish, shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X. Jo‘rayev bilan birgalikda saylov okrugiga qarashli “Tinchlik” mahallasida bo‘ldilar.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud infratuzilma holati, xususan, ichki yo‘llarning ahvoli ko‘zdan kechirildi.

Joylardagi o‘rganishlar davomida “Kelajaksari” va “Chegarachi” ko‘chalarining yo‘l qoplamasi ta’mirtalab holatda ekani, ayrim qismlari tuproq yo‘ldan iborat bo‘lib, ayniqsa, yog‘ingarchilikli kuz-qish mavsumida piyodalar va transport vositalari harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

Aniqlangan yo‘l muammosi deputat murojaatlari daftariga batafsil qayd etildi.
Mazkur ko‘chalarni shag‘allashtirish, yo‘l holatini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, muammoning yechimi va amalga oshiriladigan ishlarni nazoratga olish belgilab olindi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — muammoni faqat aniqlash emas, balki uni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimga yo‘naltirish va natijasini nazorat qilishdan iborat.

Slide 1 of 1