Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
Kengash_faoliyati

#Kengash_raisi_deputat_sifatida
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish
#MurjaatlarDaftari

Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirish, ushbu yoʻnalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Jurayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan 24-sonli Oilaviy poliklinikasida nazorat-tahlil tadbiri olib bordi.

Oʻrganish davomida Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi,
bepul dorilar bilan ta’minlanish darajasi hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand qatlamga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil etildi.

Oʻrganish davomida 24-sonli Oilaviy poliklinikasida Sog‘liqni saqlash vazirining 13.10.2023 y. 41-son "O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va stasionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini tasdiqlash haqida"gi Buyrug‘i asosida 87-turdagi bepul dori-darmonlar berililishi ta'kidlandi.

24-sonli Oilaviy poliklinikasida 5406 nafar fuqarolarga tibbiy xizmat ko'rsatib kelmoqda.

Oʻrganish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha deputat tomonidan tibbiyot mutasaddilariga tushuncha va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2