Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

Bugungi kunda aholining turmush farovonligini oshirish, hududlarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Bu borada qonunchilik talablarining joylarda qay darajada ijro etilayotganini o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ–940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida navbatdagi deputatlik o‘rganishi tashkil etildi.

O‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari N.Tilavoldiyev va M.Salimova ishtirokida 14-Ma’orif saylov okrugiga qarashli “Ma’orif” mahallasida joyiga chiqqan holda o‘tkazildi. Unda mahalla raisi va hokim yordamchilari ham ishtirok etdi.

O‘rganish davomida “Ochiq budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan, elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha bilan bog‘liq masalaga alohida e’tibor qaratildi.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida mahalladagi elektr tarmoqlarining mavjud holati, eskirgan infratuzilma hamda aholiga elektr energiyasini barqaror va sifatli yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar ko‘zdan kechirildi. Aholi vakillari tomonidan mavjud muammolar va ularning kundalik hayotiga ta’siri yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, O‘RQ–940-son Qonunda belgilangan energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, ushbu sohada qonuniylik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan mavjud holat o‘rganildi.

Deputatlar tomonidan elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda eskirgan tarmoqlarni bosqichma-bosqich yangilash bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 5