Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
#biriktirilgan_tashkilot

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan Toyloq tumani tibbiyot birlashmasining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi M. O‘runov hamda qurilish bo‘limi mutaxassislari ishtirokida “Madaniyat” MFY hududida joylashgan OShP binosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
🤩Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, loyiha uchun 1 milliard 750 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
O‘rganish davomida binoda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining amaldagi holati, bajarilgan ishlarning sifati hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
🤩Shuningdek, rekonstruksiya ishlarining belgilangan muddatlardan ortda qolayotganligi qayd etilib, mas’ullarga ishlarni jadallashtirish, qurilish jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🤩Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi yuzasidan monitoring olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 3