35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati U.Ro‘ziyev tashabbusi bilan “Ko‘liyon” mahallasida ko‘cha oqsoqollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj, Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqaroning holidan xabar olinib, uning uy-joyi bilan bog‘liq muammolari o‘rganildi. Fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida uy-joy ta’miriga amaliy yordam ko‘rsatildi.
📌Shuningdek, uchrashuvda mahalladagi mavjud ijtimoiy masalalar, aholi murojaatlari va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
📌Bunday amaliy ishlar aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌Aholi vakillari bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘mak berish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3