35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

💧 DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅

📄 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Qalandarov Azamat Shermetovichning deputat so‘rovi asosida “Bo‘ston” mahallasi Tadbirkor ko‘chasidagi ko‘p qavatli turar joylarda yuzaga kelgan oqova suv (kanalizatsiya) tizimidagi nosozlik o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylardan chiqayotgan oqova suvlarni yig‘ib, qayta haydovchi KNS oqova suv haydash nasosida aholi tomonidan tashlangan turli qattiq chiqindilar sabab nosozlik yuzaga kelgani aniqlandi.
🛠 Muammo “Xorazm suv ta’minoti” AJ Shovot tuman filiali ishchilari tomonidan bartaraf etilib, nosozliklar tozalanib, nasos soz holatga keltirildi.
🤝 Bugungi kunda nasos ishchi holatda.
📌 Deputat so‘rovi — amaliy natija!

Slide 1 of 5