Новости

Последние новости

янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILISHI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🔰KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰PO‘LOTI MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA
янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
SUV TA’MINOTI OG‘IR HUDUDLARDA AHOLI TOMORQALARI VA YER MAYDONLARIGA SUV CHIQARISH ISHLARI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANADI

💧 Mazkur qaror bilan suv ta’minoti qiyin bo‘lgan hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligi yer maydonlariga suv yetkazib berish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari belgilangan.

📌 Qarorning asosiy maqsadlari:
🔹 aholi tomorqalarining suv bilan ta’minlanishini yaxshilash;
🔹 foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta foydalanishga kiritish;
🔹 qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini ko‘paytirish;
🔹 suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirish.
🌱 Suv chiqarish va irrigatsiya infratuzilmasini yaxshilash orqali yerlarning hosildorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda qishloq hududlarida iqtisodiy faollikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

🤝 Qaror aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va fuqarolarning farovonligini oshirishga xizmat qiladi.