Новости

Последние новости

янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
🔰KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILISHI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🔰PO‘LOTI MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA
янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Ibragimov tomonidan “Bo‘zatov” SHFYda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son Qonuni o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar yig‘ini va uning organlarining vakolatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy masalalarni hal etishdagi o‘rni hamda aholi bilan bevosita ishlash mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla hududida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, hududdagi ijtimoiy masalalarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etishda fuqarolar yig‘inlarining mas’uliyati va vakolatlari ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonunchilik hujjatlarini o‘rganish jarayonida “Bo‘zatov” SHFYda yuritilayotgan tegishli hujjatlar bilan tanishilib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qonunchilik talablari asosida tashkil etish, hujjatlarni to‘g‘ri yuritish va aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2